Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Smailov: atom elektr stansiyasi xalqaro standartlarga mos bo‘ladi
09:28 / 2022-08-26

Qozog‘iston hukumati respublikada bo‘lajak atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasi xalqaro standartlarga to‘la mos bo‘lishini ta’minlaydi. Bu haqda Bosh vazir Alixan Smailov “Tengrinews” agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“AES qurish va majmuadan foydalanish bo‘yicha xalqaro tajribani, jumladan, Janubiy Koreya, Xitoy va Rossiya texnologiyalarini o‘rganyapmiz”, dedi u.

Hukumat rahbari AES faoliyati xavfsizligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega ekanini ham ta’kidladi.

“Iyun oyida delegatsiyamiz Janubiy Koreyada, iyulda esa Fransiyada bo‘lib qaytdi. Xalqaro tajribani mukammal o‘rganish natijasida jarayonga yadro texnologiyalari yetkazib beruvchilar jalb qilinadi”, dedi Smailov. 

AES qurish uzoq davom etadigan jarayon ekanini qayd etib, hukumat rahbari “biz o‘zimiz energiya xavfsizligini ta’minlay olmaymiz. Ko‘mir hisobidan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Butun dunyo dekarbonizatsiyaga qarab ketmoqda. Toza texnologiyalardan foydalanish davr talabi”, deya xulosa qildi Smailov.