Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Slovakiya prezidentligi uchun kurashni Korchok va Pellegrini davom ettiradi
23:38 / 2024-03-24

Slovakiya prezidentligi uchun saylovning ikkinchi bosqichida respublika Tashqi ishlar vazirligining sobiq rahbari Ivan Korchok va mamlakat parlamenti yetakchisi Peter Pellegrini ishtirok etadigan bo‘ldi.

Darvoqe, Pellegrini Ukrainani qurollantirish jarayonini to‘xtatish tarafdori sifatida ushbu ziddiyatni muzokara yo‘li bilan hal etish fikrini qat’iy ilgari surmoqda. Bu haqda Saylovlar va siyosiy partiyalarni moliyalashtirish masalasi bo‘yicha davlat komissiyasi rahbari Eduard Burda ma’lum qildi.

Saylovning ikkinchi turi 6-aprelga belgilangan.

– Saylov natijasi asosida komissiya nomzodlardan hech biri Slovakiya prezidenti etib saylanmagani (mutlaq ustunlik bilan – tahririyat), ya’ni zarur miqdorda ovoz to‘play olmaganini qayd qiladi, – dedi Burda jurnalistlarga, yakuniy ma’lumotlarni e’lon qilarkan. – Shu munosabat bilan ikkinchi turga dastlabki ikki o‘rinni egallagan nomzodlar o‘tadi: Ivan Korchok va Peter Pellegrini.

Rasmiy mulozim aytishicha, birinchi tur natijasi ask etgan bayonnoma rasman tasdiqlandi. Hujjatda Korchok 42,51 foiz, Pellegrini 37,02 foiz ovoz to‘plagani qayd qilingan. Birinchi turda jami 9 nomzod qatnashdi.

Avvalroq Korchok o‘zini qo‘llab-quvvatlagan saylovchilarga minnatdorlik bildirgan edi. U o‘z bayonotida “Peter Pellegrini aytayotgan aldamchi xotirjamlik o‘rniga, hukumat koalitsiyasi o‘z va’dasini bajarishini talab qilish” uchun prezident bo‘lishni xohlayotganini ta’kidlagan. Diplomat amaldagi hukumatning ayrim vakillari ipoteka va oziq-ovqat narxini tushirishga so‘z berganini eslatdi. Shuningdek, ba’zi siyosatchilarni Rossiyaga yon bosishda aybladi.

59 yoshli Korchok ikki marta mamlakat tashqi siyosat idorasini boshqargan, Slovakiyaning AQSHdagi elchisi bo‘lib ishlagan. Prezidentlik poygasiga jamoatchi nomzod sifatida kirishsa-da, uni Robert Fitso hukumatini faol tanqid qilib kelayotgan “Progresivne Slovensko” (“O‘sayotgan Slovakiya”) liberal partiyasi qo‘llab-quvvatlamoqda.

G‘.Xonnazarov, O‘zA