Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Slovakiya bosh vaziri “Sputnik V” vaksinasi tufayli iste’foga chiqadi
16:00 / 2021-03-29

Slovakiya bosh vaziri Igor Matovich iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, mulozim Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini sotib olish bo‘yicha siyosiy mojarolarga aralashib qolgan va mahfiy kelishuvni amalga oshirgan.

Avvalroq vazirlikning olti nafar vakili ishidan ozod qilingan edi. Igor Matovichning aytishicha, u moliya vaziri bilan lavozim almashish bo‘yicha kelishmoqchi.

Shuningdek, bosh vazir mazkur holat yuzasidan mamlakat prezidenti Zuzana Chaputova bilan ham maslahatlashishga urinmoqda.

Slovakiyada ikki million doza “Sputnik V” vaksinasi olish bo‘yicha yashirin bitim tuzilgan. Shu voqea keyinchalik ko‘pchilikning noroziligini keltirib chiqardi.

Slovakiya YeIga a’zo, ammo bu davlatda Rossiya vaksinasiga rasman ruxsat berilmagan.

Matovichning kaolitsiyadagi sheriklari – «Ozodlik va birdamlik», «Xalq uchun» partiyalari kelishmovchiligiga qaramay, shartnoma tuzishga muvaffaq bo‘lingan.

Mamlakat bosh vaziri “Sputnik V” xaridini himoya qilib, YeIning eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlarida emlash dasturini boshlash kerakligiga urg‘u beryapti.

Darvoqe, Slovakiya ko‘hna qit’ada Vengriyadan keyin Rossiyadan vaksina olgan ikkinchi hudud hisoblanadi.

Mamlakatda hozirgacha 9 ming 500 kishi koronavirus qurboniga aylangan.