Slalomda eshkak eshuvchilarimizning navbatdagi muvaffaqiyatlari
Tailandning Pattaya shahrida slalomda eshkak eshish bo‘yicha ikki nufuzli musobaqa — "ICF World Ranking" xalqaro turniri va U18 va U23 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati tashkil etilmoqda.
Quvonarlisi, Osiyo chempionatining U23 yosh toifasidagi K1M yo‘nalishida hamyurtimiz Samandar Saydullayev oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Sherzod Qurbonaliyev C1M yo‘nalishida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Bundan tashqari, slalomda eshkak eshish bo‘yicha “ICF World Ranking” turnirining kayak kross yo‘nalishida Ibragim Nosirjonov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu musobaqada ishtirok etgan sportchimiz Samandar Saydullayev navbatdagi kumush medalni ham qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA