Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Slalomda eshkak eshuvchilarimiz Osiyo chempionatidagi ishtirokini boshladi
10:32 / 2024-03-05

Tailandning Pattaya shahrida kattalar, 23 va 18 yoshgacha bo‘lgan slalomda eshkak eshuvchilar o‘rtasida Osiyo chempionati boshlandi. Bugun, 5-mart kuni O‘zbekiston terma jamoasi chempionat doirasida jamoaviy bahslarda ishtirok etadi.

Qit’a birinchiligining U23 yosh toifasida K1 yo‘nalishida Shahobiddin Boltaboyev, Samandar Sa’dullayev va Doniyor Islomov, S1 bo‘yicha esa Sherzod Qurbanaliyev, Ibrohim Nozirjonov va Hayotbek Abdullayev o‘z omadini sinab ko‘radi.  

Kattalar o‘rtasidagi bellashuvlarning S1 yo‘nalishida Alibek Temirgaliyev, Abubakir Bukanov va Dostonbek Jumaboyev chiqishlariga guvoh bo‘lamiz. Shuningdek, K1 bosqichida Hayotbek Abdullayev, Mustafo Matiboyev hamda Og‘abek Mahmudjonov raqobatlashadi.  

Mazkur musobaqa joriy yilning 9-mart kuniga qadar davom etadi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA