Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Slalomda eshkak eshish bo‘yicha terma jamoamiz Turkiyada shug‘ullanmoqda
10:29 / 2022-02-14

Turkiyaning Rizo shahrida slalomda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.

 Mazkur yig‘inga terma jamoamizning 9 nafar vakili jalb qilingan bo‘lib, sportchilarimiz uchun joriy yil bo‘lib o‘tadigan Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik bosqichi vazifasini o‘tab beradi. 

– Yig‘in ko‘tarinki kayfiyatda o‘tmoqda. Sportchilarimizning barchalari salomat va bor kuchlari bilan mashg‘ulot olib borishmoqda. Bizni oldinda Osiyo chempionati, Jahon kubogi va Osiyo o‘yinlari kabi muhim musobaqalar kutib turibdi. Shu bois yig‘inda mazkur musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko‘rishni maqsad qilganmiz. Atletlarimiz uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Shuningdek, ularning vitaminizatsiya jarayoni ham birdek olib borilmoqda, – deydi terma jamoa bosh murabbiyi Rustam Ro‘ziyev.  

Eslatib o‘tamiz,  mazkur yig‘in 26 fevral kuniga qadar davom etadi.  

O‘zA