Slalomda eshkak eshish bo‘yicha mamlakat kubogi o‘tkazilmoqda
Poytaxtimizdagi Bo‘z-suv kanalida slalomda eshkak eshish bo‘yicha U15 va U18 yosh toifasidagi sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi o‘tkazilmoqda. Unda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 100 nafarga yaqin yigit va qizlar o‘zaro raqobatlashmoqda.
Kubok bahslarining U15 yosh toifasidagi K1M yo‘nalishida Anasxon Rustamjonov, K1W bellashuvlarida esa Sevara Bahritdinova g‘alaba qozondi. C1M va C1W poygalarida Asilbek Ernazarov hamda Sabina Ashurmatovaga teng keladigani topilmadi. MX1 va WX1 bahslarida Asilbek Ernazarov va Sevara Bahritdinova o‘zlarining ikkinchi oltin medaliga ega chiqdi.
U18 yoshdagi sportchilar o‘rtasida Mustafo Matiboyev, Maksim Ochkas, Muhammadnozim Ne’matillayev shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA