Slalomda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi
Poytaxtimizdagi Bo‘zsuv kanalida slalomda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston ochiq kubogining 1-bosqich musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizdagi Bo‘zsuv kanalida slalomda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston ochiq kubogining 1-bosqich musobaqalari bo‘lib o‘tdi.Musobaqani o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad mazkur sport turi bilan shug‘ullanayotgan umidli yoshlarni yanada chiniqtirish, ularning sport mahoratlarini oshirish, shuningdek, joriy yilda Indoneziyada bo‘ladigan Osiyo o‘yinlari va boshqa xalqaro musobaqalarga sportchilarni saralab olishdan iborat.
1-bosqich musobaqa yakunlariga ko‘ra, Barkamol Mirzahamdamov, Nodir G‘aniyev, Aleksandr Voroshilov, Ismoil Abdumannopov, Shahrizod Valijonov, Bobur Lutfullayev, Yuliya Plotonova, Saida Yo‘ldosheva, Ozodaxon Mo‘ydinova, Aleksandra Fomenkova g‘olib va sovrindorlar safidan o‘rin oldi. Juftlik bahslarida esa Alibek va Janibek Temirgaliyevlarga teng keladigani topilmadi.
O‘zbekiston ochiq kubogi bahslarining navbatdagi bosqichlari iyun (Toshkent) va iyul (Farg‘ona) oylarida bo‘lib o‘tadi.