Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Skibidi hojatxonasi" yoxud mantiqsiz videolarga qaramlik (+video) 
20:16 / 2024-09-05

Agar bolamizning qo‘li yoki oyog‘iga shikast yetsa darrov uni shifokorga olib borib, davolashga harakat qilamiz. Ammo ana o‘sha jarohat uning ma’naviyatiga, ruhiyatiga yetgan bo‘lsachi? Uni qanday davolaymiz, davolash mumkinmikan?

Afsuski, bugun ko‘plab bolalarning ruhiyati ayrim qo‘rqinchli o‘yinchoq va yutubga joylanayotgan o‘yin qahramonlari tufayli shikastlanmoqda. 

Xo‘sh, bolalardagi kuchli qo‘rquv, agressiya, shafqatsizlikka sabab bo‘luvchi o‘yinlar qaysilar? Ular nega bunchalar tez ommalashmoqda? Bolalar sog‘lig‘i, kelajagiga qanday ta’siri bor? Farzandlarimizni ma’naviy tahdidlardan asrash uchun nima qilishimiz kerak? 

Shu kabi savollarimizga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti ilmiy xodimlari Nigora Husanova va Alisher Madrahimov quyidagicha javob berdi. 

– Bolalar tomonidan bugun sevib ko‘rilayotgan, ijtimoiy tarmoqda tinimsiz trend darajasiga ko‘tarilayotgan multfilmlar real hayotda ularning qo‘lidagi o‘yinchoqlarga aylanmoqda, – deydi Nigora Husanova. – Misol uchun, «Skibidi Toilet» ("Skibidi-toilet") ya’ni "Skibidi hojatxonasi" nomi bilan mashhur veb-serialni ko‘plab bolalar tomosha qilayotgani tufayli ularning o‘yinchoqlar bozori ham chaqqon. Uning har bir yangi qismi yutubda 10 million martalab ko‘riladi. Asosiy qahramonlari hojatxonadan chiqayotgan va "Skibidi Dop, Dop, Yes, Yes" deb kuylayotgan odam boshi bilan qo‘shiq aytadigan hojatxonalardir. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/jnOCceBmolY" title="“Skibidi hojatxonasi” yoxud mantiqsiz videolarga qaramlik" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur veb-seriyani Patris Lumumba nomidagi Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) talabasi Andrey Gerasimov ixtiro qilgan. U hazil tariqasida gapiradigan bosh bilan birinchi videoni yaratdi. Video shu qadar keng tarqaldiki, Gerasimov uning asosida butun bir mini-seriya yaratishga qaror qildi. 

Uni turkiyalik bir bloger mashhur qildi. O‘zining qisqa videolarida u kulgili qorin raqsini ijro etdi va "Skibidi Dop, Dop, Yes, Yes" qo‘shig‘ini ijro etdi. Videolar tezda internetda tarqaldi va blogerning kulgili raqsi uni butun dunyoga mashhur qildi. 

– Ijtimoiy tarmoqlar yoki savdo do‘konlarida tarqalayotgan «Skibidi Toilet» nomdagi videolar yoki o‘yinchoqlarning ommalashuviga o‘zimiz aybdor bo‘lib qolyapmiz, – deydi Alisher Madrahimov. – Biz bunday multfilmlarni yaratayotgan odamlarning asl maqsadi nima ekani haqida o‘ylamaymiz, fikrlamaymiz. 

Buni bilgan tadbirkorlar, ya’ni ijtimoiy tarmoq yurituvchilari auditoriya yig‘ish maqsadida mana shunday kontentlarni shaxsiy tarmog‘iga joylash orqali avlodlar ongiga hujum uyushtiryapti. 

Bunday lavhalar tomoshasi orqali bolalarda qo‘rquv hissi ortib, ularda rivojlanish emas, orqaga qaytish kuzatilmoqda. 

«Skibidi Toilet» veb-seriali ta’sirida esa bolalarning hojatxonaga bormasligi holatlari ko‘p kuzatilyapti. O‘z vaqtida hojatxonaga chiqmaslik esa inson organizmida ko‘pgina salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Natijada jamiyatda nosog‘lom avlodlar ko‘payadi... 

N.Rahmonova, A.Sodiqov, A.Ahmedov (video), O‘zA