FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati musiqali drama teatrida fransuz komediografi Jan Batist Molerning “Skapenning nayranglari” komediyasi premerasi bo‘lib o‘tdi.
Asarda bosh qahramon – Skapen maishiy muammolar – puli yo‘qligi, huquqining yo‘qligi, imkonining yo‘qligidan tubanlikka cho‘kkan jamoaga qarshi boradi. U davraga kirgach, voqealar tezlashadi, qiyofalar ochiladi, maydon kengayadi, hamma unsurlar ko‘rinadi. Qahramon hiyla ishlatmaydi, u go‘yo o‘sha davrda otalar burchi, farzandlar odobi, ularning majburiyatlari qanchalik mustahkamligini imtihon qiladi. Kimning nomidan, deysizmi? Hamma narsani biluvchi, hamma narsani teran anglovchi teatr nomidan.
[gallery-15799]
Rejissyor G‘iyosiddin Mirzamahmudov tomonidan o‘zbek tilida sahnalashtirilgan komediya tomoshabinlarda katta taassurot qoldirmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA