Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Skandinaviya davlatlari va Amerika qit’asiga savdo tranziti imkoniyati ko‘rib chiqildi
10:11 / 2022-11-07

Latviyadagi Ventspils erkin porti Yevropa darajasida muhim ahamiyatga ega sanoat markazi bo‘lib, mijozlarga turli xizmatlarni taklif etadi. Boltiq dengizi sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan va muzlamaydigan portlar toifasiga kiradigan ushbu majmua yuk qabul qilish va jo‘natish miqdori bo‘yicha mamlakatda ikkinchi o‘rinni egallaydi. 2021 yil portning umumiy yuk aylanmasi 11,1 million tonnani tashkil etgan.

Mana shunday yirik korxona xizmatidan foydalanish o‘zbekistonlik tadbirkorlar, eksportyorlarga qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Ventspils erkin porti va ushbu muassasaga tutash erkin iqtisodiy zona delegatsiyasi vakillari bilan kechgan uchrashuvda shu jihatlarga ahamiyat qaratildi.

Uchrashuvda o‘zaro savdo va tranzit yuk tashish hajmini oshirish uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgan hamkorlik masalasi ko‘rib chiqildi. Xususan, port terminali va boshqa ob’ektlarni ijaraga olish, erkin iqtisodiy zonada yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish, shuningdek “GSP+” preferensiyalar bosh tizimi doirasida eksportyorlarimizga beriladigan imtiyozdan foydalanib, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga tovar eksportini ko‘paytirish muhokama qilindi. Mazkur port va EIZdan foydalanish O‘zbekiston tashqi savdo yukini Skandinaviya davlatlaridan tashqari Braziliya, AQSH va Kanadaga tranzit qilish barobarida saqlash hamda chakana savdo tizimiga tarqatish imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi.

Muzokara yakunida tomonlar aniq amaliy natija va kelishuvga erishish maqsadida faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

O‘zA