Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sizga sharaf, sizga shon aziz salomatligimiz posbonlari
14:05 / 2020-11-08

Surxondaryo viloyatida Tibbiyot xodimlari kuni keng nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda ichki ishlar organlari sohaviy xizmat rahbarlari va tibbiyot bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant P. Bobojonovning ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan tibbiyot xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.

Tadbirda so‘nggi yillarda mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilib, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi. Tibbiyot xodimlari turli vaziyatlarda odamlar sog‘ligi uchun kurashib, malakali tibbiy xizmat ko‘rsatayotgani bilan yoshu-keksaning samimiy olqishlariga sazovar bo‘layotgani qayd etildi.

O‘tayotgan yil koronavirus pandemiyasi tufayli butun dunyo ahli boshiga tushgan tashvishli kunlar salomatligimiz posbonlarini yana bir bor jiddiy sinovdan o‘tkazayotir. Yuzaga kelgan murakkab epidemiologik vaziyat ayniqsa, shifokorlar zimmasiga sharafli mas’uliyat yukladi. Sayyoramizga chang solgan pandemiya sharoitida tibbiyot xodimlari o‘z sog‘ligi va hayotini xavf-xatarga qo‘yib, ko‘rinmas yovga qarshi kurashish, infeksiya tarqalishining oldini olish va yurtimizda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashga ulkan hissa qo‘shmoqda. Viloyat IIB huzuridagi tibbiyot bo‘limi xodimlari ham bu jarayonda faol ishtirok etib, o‘z burchlarini sidqi-dildan bajarayotir.

Mazkur bo‘limda 70 dan ortiq tajribali shifokor va o‘rta tibbiyot mutaxassislari samarali faoliyat yuritib, ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolariga, nafaqadagi faxriylarga sifatli xizmat ko‘rsatayotir. Shuningdek, viloyat prokuraturasi, viloyat adliya, bojxona boshqarmalari xodimlari, Termiz XAXT batal’oni xizmatchilari ham ularning tibbiy xizmatidan, e’tibor va g‘amxo‘rliklaridan bahramand bo‘lmoqda.

Barcha qulayliklarga ega binoda joylashgan tibbiyot bo‘limi zamonaviy asbob-usunalar bilan jihozlangan. Labaratoriyalarda turli tahlillarni tez, sifatli amalga oshirish uchun yetarli sharoit mavjud.

Tantanali tadbirda bir guruh jonkuyar tibbiyot xodimlariga viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik A.Ismoilov Ichki ishlar vazirligining Fahriy yorliq, pul mukofotlari, Sog‘liqni saqlash vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni va Faxriy yorliqlarini topshirdi. Bir guruh tibbiyot xodimlari viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alari, pul mukofotlari bilan taqdirlandi.