Sizga rahmat, qon donorlari!
FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyati qon quyish markazida 14 iyun – Xalqaro donorlar kuni munosabati bilan “20 yil samimiy va beg‘araz quvonch: Sizga rahmat, qon donorlari!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
Erta tongdan markazga beg‘araz qon topshirish istagidagi yurtdoshlarimiz jam bo‘ldi. Viloyat hokimligi, sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari, shifokorlar, ichki ishlar organlari xodimlari, davlat xizmatchilari, yoshlar tadbirda faol ishtirok etib, bemorlar hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shdi.
Tadbirda uzoq yillar muntazam qon topshirib kelayotgan faol donorlar munosib rag‘batlantirildi.
[gallery-17858]
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA