Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sizdan boshlanadi, asli tafakkur!
10:46 / 2022-10-01

1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni

Har birimiz qay sohada mehnat qilmaylik, albatta ustoz va murabbiylarga ehtiyoj sezamiz. Avvaliga, maktabgacha ta’lim muassasasi, keyin maktab, navbati bilan oliy o‘quv yurtida ustozlardan saboq olamiz. Yangi hayot ostonasida ilk qadamlarini tashlashga cho‘chib turgan jajji bolakayga volidaning mehri, e’tibori qanchalik zarur bo‘lsa, maktabda qo‘liga endigina qalam ushlab “Ona” so‘zini yozishga chog‘lanayotgan o‘quvchiga ham o‘qituvchining ko‘magi shunchalik zarur.

1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida ham keng tantana qilindi.

[gallery-8998]

Bayram tadbirini shahar hokimi Adhamjon Ziyavitdinov tabrik so‘zi bilan ochib, ustozlarni samimiy muborakbod etar ekan, ertangi kunimiz egalari bo‘lgan barkamol avlodni xalqimiz, yurtimiz koriga yaraydigan, mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘zining munosib hissasini qo‘sha oladigan darajada ilmu hunarli etib tarbiyalashda ko‘rsatayotgan samarali mehnati uchun ustozlarga chuqur minnatdorchilik izhor etdi hamda ularga shahar hokimligining faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alarini topshirdi.

Shahar hokimi o‘z nutqida Marg‘ilon shahridagi 6-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining nemis tili fani o‘qituvchisi Zulfiya Tugushevaning “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga asosan “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlanganini alohida e’tirof etdi.

Bayram dasturi san’atkorlarning dilrabo kuy-qo‘shiqlariyu ustoz-murabbiylarning dilbar xiromlari bilan yanada o‘zgacha tus oldi.

Ming-minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini sochadigan mo‘’tabar zot – o‘qituvchi va murabbiylarga bugungi kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, deymiz!

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA