Siz tibbiy ko‘rikdan o‘tdingizmi?
2026-yilning dastlabki kunlaridan boshlab Farg‘ona viloyat tibbiyot muassasalarining tajribali mutaxassislari maktab o‘quvchilari va aholini ommaviy ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishyapti.
Bu tadbir avvalo aholi va o‘quvchilar salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni barvaqt aniqlash hamda ularning oldini olishga qaratilgan. Shundan ko‘riklar viloyatning anklav hududlari bo‘lgan So‘x tumani va Shohimardon qishlog‘ida ham bo‘lib o‘tmoqda. Unda odamlarda ilgari o‘zlari sezmagan yoki e’tibor bermagan kasalliklar aniqlanmoqda. Masalan, Shohimardondagi tekshiruv natijalariga ko‘ra, 12 nafar fuqaroga viloyat tibbiyot muassasalarida, 42 nafariga esa tuman tibbiyot birlashmasida davolanishlari uchun yo‘llanmalar berildi.





Shuningdek, 263 nafar qishloq ahliga ambulator sharoitda davolanish tavsiya qilindi.
Tibbiy ko‘rik davomida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi suhbatlar ham uyushtirilmoqda.
Muhammadjon Obidov, O‘zA