French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Siz qonunni bilasizmi?” tanlovi bo‘lib o‘tdi
17:04 / 2025-12-05

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan “Siz qonunni bilasizmi?” mavzusida tanlov bo‘lib o‘tdi.

Unda  Tarix fakultetining  1-kurs talabalaridan tuzilgan jami 7 ta jamoa ishtirok etdi.

Tadbirda institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Quvondiq Qodirov yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami bilan qutladi va ishtirokchilarga omad tiladi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda talabalarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, huquqiy savodxon, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash, insoniyatga yot illatlarga qarshi kurashish immunitetini shakllantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, shuningdek, yoshlarning yangilangan Konstitutsiya bo‘yicha bilimlarini baholash va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda “Yosh demokratlar”, “Yosh progresslar”, “Adolat”, “Yustitsiya”, “Femida”, “Demokratlar”, “Turon” jamoalari salomnoma, savol-javob va sahna ko‘rinishi kabi shartlar bo‘yicha o‘zlarining konstitutsiyaviy bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi.

Jamoalarning har bir shart bo‘yicha sahna chiqishlari va savollarga bergan javoblarini hakamlar hay’ati a’zolari baholab borishdi.

Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Barcha ishtirokchi jamoalarga institut rektorati, kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur oliy o‘quv yurtida Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri