Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Siz kelmang, o‘zimiz boramiz
11:20 / 2023-01-28

Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida Sirdaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida adliya hamda soliq boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan hamkorlik rejasiga muvofiq sayyor davlat xizmatlari tashkil etilmoqda.

“Siz kelmang, o‘zimiz boramiz” loyihasi doirasidagi ushbu tadbirlar qishning qirovli kunlarida xalqimiz uchun yana bir yengillik, har tomonlama qulaylik, bo‘ldi deyish mumkin. Ushbu jarayonlarda 500 ga yaqin fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.  

Xususan, Boyovut tumani “Ijodkor” MFYda joylashgan bozor hududida jismoniy va yuridik shaxslarga jami 127 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Jumladan, 2 nafar fuqaro YATT sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi, bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasiga navbatga qo‘yish bo‘yicha 16 ta, ERI kaliti olish bo‘yicha 18 ta, ob’ektga qo‘shimcha qurilish qilishga ruxsatnoma berish bo‘yicha 19 ta xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, 72 nafar fuqaro Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilindi, 50 nafarga yaqin fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanishga oid huquqiy maslahatlar berildi.

Mirzaobod tumani mashina bozorida tashkil etilgan sayyor xizmatlar davomida 21 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi, yuzga yaqin fuqarolarga davlat xizmatlari bo‘yicha reglamentlar, tadbirkor sifatda ro‘yxatdan o‘tish kabi masalalarda huquqiy tushunchalar berildi.

Sayxunobod tuman dehqon bozorida ham aholiga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Sayyor xizmat ko‘rsatish davomida tadbirkorlik faoliyatini boshlagan ammo davlat ro‘yxatidan o‘tmagan 4 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berilib, yakka tartibda tadbirkor sifatida 2 nafar, mas’uliyati cheklangan jamiyat sifatida 2 nafar fuqaro davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Qolaversa, fuqarolarga 9 ta faoliyat turlari bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Sayxunobod tumani Adliya bo‘limi va Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 22 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Yangiyer shahar dehqon bozorida jismoniy va yuridik shaxslarga jami 45 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Jumladan, 1 nafar fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi va 2 nafar YATT faoliyati ixtiyoriy to‘xtatildi, 1 nafar yuridik shaxs qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi.  

Jarayonda 11 nafar fuqaro Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilindi, ERI kalitini olish bo‘yicha 6 ta, fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimiga hisobga olish bo‘yicha 6 ta, bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish bo‘yicha 9 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilib, 20 ga yaqin fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.

Shuhrat Suyarov, O‘zA