Jamiyatda ekologik huquqiy bilimlarni oshirish va atrof muhitga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish maqsadida maktabgacha va maktab ta’lim tizimidagi umumta’lim maktablarida o‘qiyotgan o‘quvchilar o‘rtasida "Siz ekologiyaga oid qonunni bilasizmi?" Respublika ko‘rik-tanlovning Sirdaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari tomonidan tashkil etilgan mazkur tanlovning Sirdaryo viloyati tuman va shaharlarida bo‘lib o‘tgan tuman-shahar bosqichlarida 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 1000 ga yaqin o‘g‘il-qiz ishtirok etib, ular oldiniga saralash, so‘ng tuman va sektor bosqichlarida o‘zlarining ekologiya qonunchiligiga oid bilim va iqtidorlarini sinovdan o‘tkazishdi.
G‘olib bo‘lgan 11 ta jamoa, uning 8 nafardan 88 nafar ishtirokchisi Guliston shahridagi 1-sonli musiqa va san’at maktabida o‘tkazilgan viloyat bosqichida ishtirok etib, 4 ta shart asosida bahslashdi. Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan “Ekologiyaga oid qonunlar, biologik turlilikni himoya qilish, havo va suv resurslarini saqlash, shuningdek, ekologik xavfsizlikni ta’minlash" kabi mavzularda berilgan savollarga javob berishdi.
[gallery-21796]
Natijaga ko‘ra, 1-o‘rinni, ya’ni respublika bosqichida ishtirok etish huquqini Guliston tumanidagi 26-umumta’lim maktabining "Yashil dunyo" jamoasi a’zolari qo‘lga kiritdi. 2-o‘ringa Mirzaobod tumanidagi 1-umumta’lim maktabining "Bio avlod" , 3-o‘ringa Sirdaryo tumanidagi 27- umumta’lim maktabining "Yashil belbog‘" jamoalari munosib deb topildi.
G‘olib va sovrindorlar Sirdaryo viloyat ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/qlsfnyg-ptM" title="“Siz ekologiyaga oid qonunni bilasizmi?” koʻrik-tanlovi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>G‘ulom Primov,Shahriyor Ortiqboyev (surat), O‘zA muxbirlari