French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Siz doimo ardog‘imizdasiz!
17:06 / 2022-10-01

Nuroniy otaxon va onaxonlarni hurmat qilish o‘zbekona qadriyatlardan biri bo‘lib, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan.

Shu kunlarda 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan faxriy o‘qituvchi va murabbiylar holidan xabar olinmoqda. “Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyati bo‘limi boshqaruvi tomonidan Navbahor tumani “Beshrabot” mahallasida istiqomat qiluvchi 93 yoshli Abdusalom hoji Abdullayev xonadoniga borildi.

Abdusalom ota 1930 yilda Karmana tumani, Do‘rman qishlog‘ida tug‘ilgan. Kolxozlashtirish davrida - 1932-1933 yillarda otasi Abdulla maxsum boboning ona yurti - hozirgi Navbahor tumani Beshrabot qishlog‘iga ko‘chib kelishgan. U qishloqdagi maktabda 7-sinfgacha o‘qiydi. 1949 yilda Qiziltepa tumani Bo‘ston qishlog‘ida o‘rta maktabni tamomlab, Buxoro pedagogika institutining ona tili va adabiyoti fani yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kiradi. 1953 yilda o‘qishni tamomlagan Abdusalom Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumaniga ishga ketadi. 1955-58 yillarda Estoniya Respublikasida yigitlik burchini o‘taydi. 1958 yilda esa o‘zining jonajon qishlog‘i - Beshrabotga qaytib kelib, 1994 yilgacha Abdulla Qahhor nomli maktabda o‘qituvi, ilmiy mudir vazifalarida ish olib boradi.

bugungi kunda Abdusalom ota 7 farzand, 30 ga yaqin nabira va evaralar ardog‘ida umrguzaronlik qilmoqda.

Uchrashuvda otaxon yig‘ilganlarga umr yo‘li, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan shart-sharoitlardan oqilona foydalanish, tinchlik degan ulug‘ ne’matning qadriga yetish, el-yurt koriga yarash, o‘qituvchilik – ulug‘ va mas’uliyatli, sharafli kasb ekanligi haqida gapirib berdi.

– bugungi kunda o‘qituvchi va murabbiylarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, yengilliklar, shart-sharoitlar hech qachon bo‘lmagan. Ayniqsa, Prezidentimizning o‘qituvchi va murabbiylarga yo‘llagan tabrigi biz, faxriy o‘qituvchilarga ham ajoyib bayram sovg‘asi bo‘ldi. Men 50 yil davomida maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishladim, bu kasbimdan faxrlanaman. Shogirdlarim har yili bayramda kelib mendan xabar olib ketishadi, bundan men juda ham xursand bo‘laman, – deydi faxriy o‘qituvchi Abdusalom ota.

Abdusalom otaga “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limining bayram sovg‘alari topshirildi.

 

A.Bo‘riyev, O‘zA