Davlat bojxona qoʻmitasi Axborot xizmati Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan hamkorlikda bojxona chegaralarini kesib oʻtuvchi jismoniy shaxslar uchun bojxona tartib-qoidalarini eʼtiboringizga havola qiladi.
Davlat bojxona qoʻmitasi Axborot xizmati Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan hamkorlikda bojxona chegaralarini kesib oʻtuvchi jismoniy shaxslar uchun bojxona tartib-qoidalarini eʼtiboringizga havola qiladi.
Agar Siz Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan boʻlsangiz...
Jismoniy shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga qay yoʻsinda kirib kelayotganligiga qarab, tovarlarni bojsiz olib kirish mehyorlari turlicha qoʻllaniladi.
Masalan,Siz respublikamizga
- xalqaro aeroportlar orqali kirib kelayotgan boʻlsangiz - 2000 AQSH dollari,
- temir yoʻl va daryo oʻtkazish punktlari orqali kirib kelayotgan boʻlsangiz - 1000 AQSH dollari,
- avtomobilda yoki piyoda ravishda kirib kelayotgan boʻlsangiz - 300 AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi tovarlarni bojsiz olib kirishingiz mumkin!
Bunda ularni yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatish talab etilmaydi.
Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarning qanday maqsadga moʻljallanganligini aniqlashda tovarlarning miqdori hisobga olinadi va bunda tovarlarni olib oʻtayotgan jismoniy shaxs oʻz ehtiyojidan ortiq miqdordagi bir turdagi tovarlarga, agar tovarlarni olib oʻtayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun olib kirilayotgan tovarlar deb qaraladi.
Ammo, ayrim turdagi tovarlarni bojsiz olib kirishning cheklangan meʼyorlari mavjud. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasiga
- alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo – 2 litrgacha,
barcha turdagi tamaki mahsulotlari – 10 qutigacha,
atir va atirsimon suyuqliklar – 3 donagacha,
qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari – 65 gr.gacha olib kirish mumkin.
Unutmang!!!
Oʻzbekiston Respublikasiga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, prekursorlar, portlovchi moddalar va portlatish vositalari, davlat va jamiyat qurilishiga rahna solishga, urush, terrorizm, zoʻravonlik, ekstremizm, pornografiya va boshqalarni targʻib etishga qaratilgan har qanday turdagi materiallarni, shuningdek etil spirti, lazerli nur tarqatgichlar, uchuvchisiz uchish apparatlari, pirotexnika maxsulotlari, pul yutugʻi bilan bogʻliq boʻlgan oʻyin avtomatlari, “M2”, “M3” va “N2” toifadagi oldin foydalanuvda boʻlgan avtotransport vositalari, zaharlilik darajasi “Yevro-3” ekologik sinfi talablariga javob bermaydigan, benzin yoki dizel yoqilgʻisida harkatlanadigan yangi avtotransport vositalarini, bundan tashqari energiya samaradorligining “G” va “F” klassiga mansub boʻlgan maishiy elektr priborlarini hamda quvvati 40 vattdan ortiq boʻlgan choʻgʻlanma lampochkalarni chetdan olib kirish taʼqiqlanadi.
Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni, sanoat maqsadidagi portlovchi materiallarni, alyuminiy kukuni va qurumini, oʻqotar qurol va patronlarni, yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlari, mevalari, urugʻlari va botanika kolleksiyalari, yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari, oʻljalar, tulumlari, radioelektron vositalar va yuqori chastotali uskunalar ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilar, diniy adabiyotlar va madaniy boyliklarni olib kirishda vakolatli organlarning tegishli ruxsatnomalari yoki xulosalari talab etiladi.
Jismoniy shaxslar qancha miqdorda naqd xorijiy va milliy valyutani olib kirishlari mumkin?
Jismoniy shaxslar Oʻzbekiston respublikasi hududiga cheklanmagan miqdorda naqd xorijiy valyuta olib kirishlari mumkin. Bunda olib kirilayotgan naqd xorijiy valyutalar 2000 AQSH dollari ekvivalentidan ortiqcha boʻlsa, u holda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida toʻliq koʻrsatilishi lozim.
Jismoniy shaxslarga eng kam oylik ish haqi miqdorining 50 baravaridan oshmaydigan summadagi naqd milliy valyuta “soʻm”ni olib kirishga ruxsat etiladi.
Darvoqe,
Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasining avtoyoʻl (yoʻlovchi), temir yoʻl va daryo oʻtkazish punktlari orqali bojxona toʻlovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib oʻtishning miqdoriy normalari av davriyligi mavjud.
Quyidagi ruyxatda keltirilgan tovarlarni endilikda har 6 oyda chegarani birinchi marotaba kesib oʻtayotganda faqat 1 donadan olib kirish mumkin.
Boshqa turdagi tovarlarni esa 1 kalendar oyda 1 marotaba har bir nomdagi tovardan 2 kg.gacha (boʻlinmaydigan tovarlar bundan mustasno) olib kirishga ruxsat etiladi. Ammo, mazkur tovarlarning umumiy ogʻirligi 10 kg.dan oshmasligi kerak.
Olib oʻtilayotgan tovarlar qiymati respublikaga jismoniy shaxslar tomonidan piyoda, avtomobilda, temir yoʻl yoki daryo oʻtkazish punktlari orqali tovarlarni bojxona toʻlovlari undirmasdan olib oʻtishning cheklagan meʼyorlaridan oshmasligi kerak.
Unutmang, tovarlarni bojxona toʻlovlari toʻlamasdan olib oʻtishning miqdoriy normalari jismoniy shaxs Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasini chegara oʻtkazish punktidan belgilangan davrda birinchi marta oʻtishida qoʻllaniladi. Bunda bojxonachilar chegara xizmatlari organlari tomonidan jismoniy shaxsning pasportiga qoʻyiladigan belgidagi sanaga asoslanishadi.
Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasining avtoyoʻl (yoʻlovchi), temir yoʻl va daryo oʻtkazish punktlari orqali bojxona toʻlovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib oʻtishning miqdoriy normalari
Agar Siz Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketayotgan boʻlsangiz...
Agar Siz Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketayotgan boʻlsangiz, shuni yodda tuting-ki, jismoniy shaxslar 5 000 AQSH dollarigacha qiymatdagi tovarlarni erkin olib chiqishlari mumkin. Bunda ularni yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatish talab etilmaydi.
Ammo, ayrim turdagi tovarlarni olib chiqishning cheklangan meʼyorlari mavjud.Jumladan,
guruch – 3 kg.gacha,
non mahsulotlari – 5 kg.gacha,
goʻsht va goʻsht mahsulotlari, shakar va oʻsimlik yogʻi – 2 kg.gacha,
shuningdek yangi meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalardan 40 kg.gacha olib chiqish mumkin.
Unutmang!
Giyohvandlik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar, ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlar, madaniy boyliklar, oʻqotar qurol va patronlar, yovvoyi oʻsimliklar, ularning qismlari, mevalari, urugʻlari va botanika kolleksiyalari, yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari, oʻljalar, tulumlari, ekologik xavfli mahsulotlar va chiqindilarini olib chiqishda vakolatli organlarning tegishli ruxsatnomalari talab etiladi.
Jismoniy shaxslar qancha miqdorda naqd xorijiy va milliy valyutani olib chiqishlari mumkin?
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega boʻlgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga 5 000 AQSH dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdorda naqd xorijiy valyutani yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatgan holda erkin olib chiqib ketishlariga ruxsat etiladi.
2000 AQSH dollari va undan ortiq boʻlmagan ekvivalentdagi naqd xorijiy valyutalarni olib chiqishda esa ularni yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatish talab etilmaydi.
Belgilangan summadan ortiqcha naqd xorijiy valyutani olib chiqib ketish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli ruxsatnomasi talab etiladi.
Norezidentlar, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutalarni olib chiqish ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga kirish chogʻida toʻldirilgan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi asosida amalga oshiriladi. Yaʼni, kirishda toʻldirilgan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan naqd xorijiy valyuta summasidan ortiqcha boʻlmagan miqdordagi naqd xorijiy valyutalarni olib chiqishga ruxsat etiladi.
Shuningdek, respublikada belgilangan tartibda tashkil qilingan musobaqalar, tanlov va olimpiadalarning sovrindori yoki qatnashchisi boʻlgan norezidentlar tomonidan belgilangan summadan ortiqcha naqd xorijiy valyuta olib chiqib ketilayotganda, naqd xorijiy valyuta olinganligining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat talab etiladi.
Jismoniy shaxslarga eng kam oylik ish haqi miqdorining 50 baravaridan oshmaydigan summadagi naqd milliy valyuta “soʻm”ni olib chiqishga ruxsat etiladi.
Belgilangan summadan ortiqcha naqd milliy valyutani olib chiqib ketish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli ruxsatnomasi talab etiladi.
Agar Siz bojxona qoidalari haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlmoqchi boʻlsangiz, u holda bizga murojaat qiling!
Davlat bojxona qoʻmitasi veb-sayti:www.bojxona.uz
Qisqa raqamli “Ishonch teleoni”: 11-08
Elektron pochta manzili: info@customs.uz
Telegramdagi rasmiy axborot kanali: https://t.me/customschannel
Shuningdek, bojxona chegarasini kesib oʻtayotgan jismoniy shaxslar shu yerning oʻzida - chegara-bojxona postida xizmat olib borayotgan bojxona xodimlariga murojaat qilishlari mumkin.
Davlat bojxona qoʻmitasi
Axborot xizmati