“Siz bizga keraksiz!”
Buxoroda viloyat hokimligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi, «Vaqf» xayriya jamoat fondi vohaning turli hududlaridan kelgan 150 dan ortiq gapirish va eshitishda nuqsoni bo‘lgan vatandoshlarimizning qalbiga quvonch ulashish maqsadida «Siz bizga keraksiz!» xayriya tadbirini tashkil etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar har bir fuqaro ilm-ma’rifat olishga haqli ekanligi, ularga har tomonlama ko‘maklashish va muammolarini yechishda har qanday yordamni ayamaslik zarurligi alohida ta’kidlandi. Mamlakatimizda din rivoji, xalq manfaatlari, yurt farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi. Ushbu diniy-ma’naviy tadbir ham olib borilayotgan xayrli ishlarning uzviy davomi ekani e’tirof etildi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilarga «Vaqf» xayriya jamoat fondining sovg‘alari ulashildi.

Kelgusida shunday diniy-ma’rifiy tadbirlar viloyatning tuman va shaharlarida manzilli ravishda o‘tkazilishiga kelishib olindi.
Zarif Komilov, O‘zA