Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Siyosiy partiyalar viloyat kengashlari rahbarlari jurnalistlar va blogerlar bilan uchrashdi
14:23 / 2019-12-12

Bu galgi saylovlar soha qonunchiligi takomillashgan va siyosiy partiyalar o‘zlarini siyosiy maydonda to‘la namoyon qilishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan bir sharoitda o‘tadi.


Mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim voqea bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlar tobora yaqinlashmoqda. Bu muhim tadbirga siyosiy partiyalarning hududiy bo‘limlari qanday hozirlik ko‘rmoqda?

Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazi Buxoro viloyati bo‘limida siyosiy partiyalar viloyat kengashlari rahbarlari ommaviy axborot vositalari va blogerlar vakillari bilan uchrashuvda ana shu haqda so‘z bordi.

Bu galgi saylovlar soha qonunchiligi takomillashgan va siyosiy partiyalar o‘zlarini siyosiy maydonda to‘la namoyon qilishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan bir sharoitda o‘tadi.

Siyosiy partiyalar hududiy kengashlarining har biri Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi 9 ta, xalq deputatlari viloyat kengashiga saylov o‘tkazuvchi 60 ta, tuman va shahar kengashlariga saylov o‘tkazuvchi 364 ta saylov okrugida o‘z nomzodlarini ko‘rsatgan. Ko‘rinib turibdiki, raqobat muhiti har qachongidan kuchli.

– Bizning partiyamiz saylovlarda ilk bor ishtirok etmoqda, – deydi O‘zbekiston Ekologik partiyasi Buxoro viloyati kengashi raisi o‘rinbosari Jahongir Sharipov. – Tan olish kerak, boshqalarga nisbatan tajribamiz kam. Lekin shunga qaramay, vakillik organlarida ko‘proq o‘ringa ega bo‘lishni o‘z oldimizga qat’iy maqsad qilganmiz. Shuning uchun ham biz saylovoldi tadbirlarida partiyamizning Saylovoldi dasturini keng targ‘ib qilishning turli shakllaridan foydalanmoqdamiz.

Siyosiy partiyalar viloyat kengashlari rahbarlari nomzodlarning saylovoldi uchrashuvlarida o‘z partiyalarining maqsad va vazifalarini tushuntiribgina qolmay, aholini tashvishga solayotgan muammolarni ham o‘rganishga alohida e’tibor qaratayotgani ta’kidlandi.

Tadbirda OAV vakillari oldingi saylovlarda siyosiy partiyalardan saylangan deputatlarning ayrimlari faoliyatida sustkashlik sezilganini qayd etib, bu galgi siyosiy tadbirga tayyorgarlikda yaqin o‘tmish saboqlariga nechog‘li e’tibor qaratilgani haqidagi savollarni o‘rtaga tashlashdi. Siyosiy partiyalar viloyat kengashlari rahbarlarining qayd etishicha, deputatlarning o‘z vazifasini bajarishi borasidagi faoliyati o‘rganilib, baho berilgan. Davr talabiga mos qadam tashlamagan shaxslar bu gal deputatlikka nomzodlikka ko‘rsatilmadi.