French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Siyosiy partiyalar saylovchilar imzosini to‘plashga kirishdi
17:32 / 2023-05-17

Markaziy saylov komissiyasining qaroriga ko‘ra, joriy yilning 9 iyul kuni o‘tkaziladigan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasi 10 maydan boshlandi.

Mazkur saylovda ishtirok etish uchun siyosiy partiyalarga ijozat berilib, ular ro‘yxatga olingach, ayni paytda joylarda siyosiy partiyalar tomonidan saylovchilar imzosini yig‘ish jarayonlari amalga oshirilmoqda.  

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Samarqand viloyati kengashi ham hozirda ushbu yumush bilan band. Korxona va tashkilotlar, mahallalarda imzo to‘plash jarayonida aholiga O'zLiDePning dasturiy maqsad va vazifalari, yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda. Samarqand shaxridagi “Nurafshon tekstil” korxonasi va Samarqand avtomobil zavodida o‘tkazilgan shunday tadbirlarda partiya yetakchilari va faollari ishtirok etib, saylovchilarga tushuncha berdi. Shundan so‘ng, korxonalardagi partiya boshlang‘ich tashkilotlari a’zolari, O'zLiDePga xayrixohlar imzo varaqalarini to‘ldirdi.  

Saylov kodeksiga ko‘ra, saylovchilarning imzosini to‘plash ish, xizmat, o‘qish, yashash joyida, saylovoldi tadbirlarida, shuningdek tashviqot yuritish va imzo to‘plash qonun bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda amalga oshirilishi mumkin.  

G‘.HASANOV, O‘zA