Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Siyosiy partiyalar joriy saylovlarga qanchalik tayyor?
15:05 / 2019-11-13

Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan siyosiy partiyalar ishtirokida debat o‘tkazilib, unda saylovlarga tayyorgarlik va partiyaning imijini mustahkamlash haqida so‘z yuritildi.


Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan siyosiy partiyalar ishtirokida debat o‘tkazilib, unda saylovlarga tayyorgarlik va partiyaning imijini mustahkamlash haqida so‘z yuritildi.

Ma’lumki, shu yil dekabr oyida milliy parlamentimiz va mahalliy vakillik organlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlar qizg‘in pallaga kirdi. Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ygan hozirgi vaqtda jamiyatimizda ko‘ppartiyaviylik, fikrlar rang-barangligi, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini kuchaytirishga alohida e’tibor berilmoqda.

Xalqimiz uchun muhim ushbu siyosiy jarayonda beshta siyosiy partiya o‘z g‘oya va dasturlari orqali Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarda o‘rin egallash uchun kurashga kirgan. Saylov kodeksining qabul qilinishi bilan saylovdagi talab va sharoit yangilandi, siyosiy kuchlar o‘rtasida yanada keng raqobat muhiti yaratildi. Demak, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni har bir siyosiy partiyadan faollik va tashabbuskorlikni oshirishni talab etadi. Xo‘sh ular saylovlarda ishtirok etib, parlament, mahalliy vakillik organlarida o‘z fraksiyalari va partiyaviy guruhlarini shakllantirishi hamda mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishga qanchalik tayyor?

Xalqaro matbuot markazi Farg‘ona viloyati bo‘limi tomonidan tashkil etilgan demokratik debatda shu haqda bahs-munozaralar olib borildi. Siyosiy partiyalar o‘z tarafdorlari bilan joriy saylovlarga tayyorgarliklari, partiya oldiga qo‘ygan g‘oya va maqsadlarini bayon etdi. 
Matbuot markazi tomonidan aholi o‘rtasida o‘tkazilgan kichik so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, siyosiy partiyalarning bugungi faoliyati, targ‘ibot ishlari hali qoniqarli emas.

Tadbirda ishtirok etgan siyosiy partiyalar vakillarining ta’kidlashicha, ular qolgan qisqa vaqt davomida aholini o‘z dasturlaridan boxabar qilish, ko‘rsatiladigan nomzodlarini qo‘llab-quvvatlashga da’vat etish uchun barcha imkoniyatlarini safarbar etadi.

Siyosiy partiyalarning o‘zaro qizg‘in savol-javoblari, keskin munozara va fikrlari bahslarga sabab bo‘ldi.

Bir narsa aniqki, har qanday siyosiy partiya zamon bilan hamnafas bo‘lib, uning o‘tkir talablariga javob bergan taqdirdagina siyosiy kuch sifatida yashay oladi.