Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Siyosiy jarayonlarda yoshlarning faolligi ortmoqda
15:49 / 2019-11-28

Navoiy shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda viloyat saylov komissiyasi hamkorligida “Yosh saylovchi – 2019” forumi bo‘lib o‘tdi.


Navoiy shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda viloyat saylov komissiyasi hamkorligida “Yosh saylovchi – 2019” forumi bo‘lib o‘tdi. 

Forumda siyosiy maydonda faoliyat olib borayotgan 5 ta partiyaning a’zolari, bu yil saylovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan talaba va yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 

Tadbir avvalida yoshlar viloyat saylov komissiyasi hamda Xalqaro matbuot markazi viloyat bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. 

Forumda joriy yilgi saylovlarga respublikamiz bo‘ylab katta tayyorgarlik ketayotganligi, bu yil siyosiy partiyalarning har tomonlama faolligi ko‘zga tashlanayotganligi ta’kidlandi. Shuningdek, yangi Saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar, nomzodlar va ovoz berish jarayonlari haqida ham ma’lumotlar berildi. 

Saylovlarning adolatli va oshkora o‘tishi, eng avvalo, aholining o‘z siyosiy huquqlarini to‘liq bilishi, bunday siyosiy jarayonlarga daxldorlik tuyg‘usini his etishlariga bog‘liq. Shuning uchun ham bugungi kunda aholi, ayniqsa, yoshlarning saylov bo‘yicha huquqiy bilimlarini oshirishga, ularni saylov jarayonlari va uning ahamiyati bilan yaqindan tanishtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. 

“Saylov mening konstitutsiyaviy huquqim” shiori ostidagi ochiq muloqotda yoshlar siyosiy partiyalar faoliyati bilan bog‘liq savollar bilan murojaat qilishdi. Bahs-munozaralarga boy bo‘lgan muloqotda aholi muammolarini bartaraf etishda partiyalar faoliyatida kuzatilgan kamchiliklar ham yoshlar tomonidan tahlil etildi. Bunga javoban partiya vakillari o‘zlarining avvalgi saylovoldi dasturlariga kiritilgan vazifalar ijrosi haqida ma’lumot berdi.