Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Siyosiy hibslar mavzusi Rim – Karakas muloqoti markazida
14:22 / 2026-02-26

Kecha, 25-fevral kuni Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani Venesuela muvaqqat Prezidenti Delsi Rodriges bilan telefon orqali suhbatlashdi. Muzokara markazida Karakasda siyosiy sabab bilan hibsda saqlanayotgan italiyalik fuqarolar masalasi turgan. Bu haqda O‘zA hamkori ANSA yozdi.

Tayani bayonotiga ko‘ra, Rim diplomatik faollikni kuchaytirib, Venesueladagi fuqarolar hamda sarmoya kiritish istagidagi kompaniyalarga ko‘makni davom ettirmoqda. Shu bilan birga, hal etilmagan savdo muammosini bartaraf etish zarurligi qayd etilgan.

Italiya tomoni hibsdagi barcha fuqarolarni ozod qilish ustuvor vazifa ekanini Karakasga yetkazgan. Tayani bu masalaga eng yuqori darajada e’tibor qaratishni so‘ragan. Shuningdek, Rim Venesuelada ichki yarashtirish jarayonini ilgari surishga tayyorligini bildirib, siyosiy barqarorlik va muloqotni qo‘llab-quvvatlash niyatini tasdiqlagan.

Musulmon Ziyo, O‘zA