O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil topganining 33 yilligi munosabati bilan «Yoshlar qanoti» faollari ishtirokida «Kecha, bugun, ertaga» mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Muloqotda partiya tashkil topgan kundan boshlab bugunga qadar amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z bordi. Partiyaning 1991 yildan shu kungacha bosib o‘tgan yo‘li, maqsad-vazifalari doirasidagi tashabbuslari, yutuqlari, xalq orasidagi faoliyati haqida ma’lumot berildi.
Shu bilan birga, «Yoshlar qanoti» faol a’zolari tomonidan partiyaning yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy loyihalari haqida ham fikr yuritildi. Partiya yoshlarga, yangi tashabbuslarga hamisha ochiq ekani ta’kidlandi.

Tadbir davomida Xalq demokratik partiyasining saylovoldi tadbirlari hamda yil davomida partiya loyihalarida volontyor sifatida faollik ko‘rsatgan yoshlarning tashabbuskorligi alohida e’tirof etilib, minnatdorlik bildirildi va partiya Markaziy Kengashi tomonidan taqdirlandi.
M.Komilova,
O‘zA