Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning yangi kitobi...
12:15 / 2021-10-07

Taniqli siyosatshunos Qudratilla Rafiqov o‘zining yangi kitobini «Mening Prezidentim!» deb nomladi.

Kitobga benazir so‘z ustasi, atoqli adib va olim Xurshid Do‘stmuhammad «Mening Prezidentim – Bizning Prezidentimiz!» nomli chiroyli, samimiy so‘zboshi yozgan.  

    O‘quvchilar kitob muallifi Qudratilla Rafiqov bilan 2019 yilda  nashr bo‘lgan «Ilk va so‘nggi so‘zimiz: Vatan», 2020 yilda chop etilgan «Vatan va Millat qayg‘usi» nomli publitsistik kitoblari orqali ham yaxshi tanish bo‘lishlari mumkin.

Ma’lumki, O‘zbekistonning 30 yillik yangi tarixida so‘nggi 5 yil alohida o‘rin tutadi. Besh yilda yuz yildan ortiq vaqt mobaynida taqiq qo‘yilgan tarixiy haqiqatlar yuz ko‘rsatdi.  

    Muallif, 30 yil ichida jamiyat «siyrati»ning  o‘zgarishi oson kechmaganini alohida ta’kidlaydi va buning asosiy sabablarini ham ko‘rsatib o‘tadi. Shu o‘rinda bir narsani ta’kidlash joizki, yurtimizda yuz berayotgan har bir o‘zgarish, islohotga Qudratilla Rafiqov alohida bir nazar bilan qarab, donishmandona, xolis tahlil qiladi. So‘zimizga olimning so‘nggi yillarda yozgan «Mard elga qayishadi», «O‘zbekiston bahori», «Yangilanayotgan O‘zbekiston: tarixni kuchlilar yaratadi», «Markaziy Osiyo: Asriy orzular ro‘yobi»,” Koronavirus tahdidi va birdamlik simfoniyasi», «Assalom, yangi O‘zbekiston» kabi o‘nlab salmoqli maqolalari dalil bo‘la oladi.

Uning bugungi jamiyatimizdagi o‘zgarishlar tahliliga bag‘ishlangan maqolalari soddaligi, ko‘ngilga yaqin ifodasi, ochiq, samimiyligi bilan allaqachon o‘quvchilar ko‘nglidan joy topib ulgurgan. Qudratilla Rafiqov qarashlaridagi beg‘arazlik, samimiyat «Ko‘ngildan chiqqan gap ko‘ngilga yetib boradi» degan naqlni esga solaveradi.

Olimning turli vaqt, holatda yozgan bir necha o‘nlab maqolalarini yaxlitlashtirib turuvchi muhim bir nuqta – qahramon bor. Muallif ana shu qahramonining nafaqat siyosiy portretini, balki boy ichki dunyosini ham ochib berishga harakat qilgan.

Bu kitob –  yangilanayotgan O‘zbekistonning karvonboshisi Shavkat Mirziyoyevning Vatan va Millat istiqboli, shoni uchun amalga oshirayotgan ishlari va bu tarixiy jarayonlar tahlili xususida. Uni mutolaa qila turib, sizning ham ko‘nglingizdan kitobga so‘zboshi yozgan ustoz adibimiz Xurshid Do‘stmuhammad aytgan – yozgan ushbu fikrlar charx ura boshlaydi: «Mening Prezidentim – Bizning Prezidentimiz!»

A.Narzulloyev, O‘zA