“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Buxoro viloyat kengashi tashabbusi bilan Kogon tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Siyosat maydoni” nomli siyosiy-intellektual ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar, xususan, xotin-qizlar orasida siyosiy tafakkur va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etuvchi yangi avlod yetakchilarini shakllantirishdir.

Mazkur tanlov “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Musobaqada 5 ta guruh ishtirok etib, ular siyosiy partiyalar faoliyati, qonunchilik va dolzarb ijtimoiy mavzularga oid savollarga javob berish orqali o‘z bilim va mahoratlarini namoyon etdi.

Tadbir yoshlarning siyosiy faolligini oshirish, milliy g‘oya va qadriyatlar asosida yetuk siyosiy tafakkur egalarini tarbiyalashga xizmat qiladi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri