Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sirg‘ali” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xizmatidan tadbirkorlar mamnun
13:36 / 2022-01-23

Fotoreportaj

Ma’lumki, tadbirkorlik rivoji – mamlakat taraqqiyotining asosidir. Shu bois, yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni taraqqiy ettirish, shu jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga har tomonlama qulaylik yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Ushbu jarayonda, xususan, tashqi iqtisodiy faoliyat barqarorligini ta’minlashda bojxonachilarga muhim vazifa yuklatilgan. 

Ma’lumki, mamlakatimiz bojxona organlari respublikami hududida samarali bojxona nazoratini amalga oshirish, tovar ayirboshlashni tartibga solishni ta’minlash, eksport hamda iqtisodiyot rivojlanishini rag‘batlantirish va ichki bozorni himoyalash yo‘lida xizmat qilmoqda.  

Bu borada Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Sirg‘ali” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti faoliyati e’tiborga molik.

[gallery-5527]

2021 yil davomida bojxona postida 48790 ta bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirilib, ular bo‘yicha 3,1 trillion so‘mlik bojxona to‘lovlari davlat byudjetiga o‘tkazildi. Tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bojxona to‘lovlaridan 1,2 trillion so‘mlik imtiyozlar berildi. 75 foizdan ortiq tovarlar soddalashtirilgan tartibda bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazildi.

Shuningdek, mazkur bojxona postida 8414 ta bojxona ko‘rigi jarayonlari amalga oshirildi. 290 holatda 950 million so‘mdan ortiq qiymatdagi noqonuniy tovarlar borligi aniqlandi. 

Ushbu bojxona postida bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonida yaratilgan qulayliklardan esa tadbirkorlar mamnun. 

Muxtasar aytganda, bojxona posti xodimlari xalqaro standartlarga mos ravishda tadbirkorlik sub’ektlariga eksport-import jarayonlarini amalga oshirishda yaqindan ko‘mak bermoqda. 

Bojxona tizimining samarali faoliyati esa, o‘z navbatida mamlakatimizning eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va iqtisodiy qudratining yuksaltirishga xizmat qiladi.

Kamola Yusupova, 
Oqil G‘ulomov (surat), O‘zA