Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoning barcha hududlarida onko-gematologiya xonalari tashkil etiladi
11:45 / 2021-11-23

Sirdaryoda onkologik kasalliklarni erta aniqlash, profilaktika va diagnostika ishlarini kuchaytirish maqsadida Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli tuman va shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida onko-gematologiya xonalari tashkil etiladi.

Onko-gematologiya xonalarida faoliyat yuritadigan mutaxassislar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo viloyat bo‘limi malakali mutaxassislari bilan maslahatlashgan holda ish olib boradi.

Bundan tashqari birlamchi tibbiy bo‘limda ayollar bachadon bo‘yin saratoni kasalligining oldini olish, aniqlash uchun laboratoriya xonalari tashkil etilib, unda morfolog mutaxassislar faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Bu kabi mutaxassislar esa biologiya fani o‘qituvchilari tarkibidan saralanib, qayta o‘qitiladi va malakasi oshiriladi. Xarajatlar esa hokimliklar tomonidan qoplab beriladi.

2022 yilning 1 yanvariga qadar 11 ta tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalaridagi onko nazorat xonalari mutaxassis-onko ginekologlar bilan to‘liq ta’minlanadi.

Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatda onkologik kasalliklarga chalingan va gamma nur terapiyaga muhtoj bo‘lgan bemorlarga ko‘rsatilayotgan xizmat turi ayni vaqtda 70 foizni tashkil etsa, bu ko‘rsatkich yangi yilning ilk oylarida yuz foizga yetkaziladi.

Shuhrat Suyarov, O‘zA