Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoliklarga mukofotlar topshirildi
08:27 / 2022-08-31

Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz farmoniga ko‘ra, bir guruh fidoyi yurtdoshlarimiz jumladan, 16 nafar sirdaryolik faollar davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo‘ldi.

Ularning safida iqtisodiyot va ijtimoiy soha xodimlari, ishlab chiqarish, qurilish, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari ilg‘orlari, ilm-fan, ta’lim, tibbiyot sohalari fidoyilari, huquq-tartibot idoralari vakillari, harbiy xizmatchilar bor.

Sirdaryo viloyati hokimligining “Qabullar uyi”da yurtdoshlarimizga davlat mukofotlari va ko‘krak nishonlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

– Mustaqilligimizning 31 yillik bayrami unutilmas lahzalarga boy bo‘lmoqda, – deydi "Shoyzoq ota" fermer xo‘jaligi rahbari Toshmurot Shoyzoqov. – Prezidentimiz farmoni bilan "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan paxtakor" unvoni bilan taqdirlandim. Buni haqli ravishda sirdaryolik barcha paxtakorlarga bo‘lgan e’tibor va e’tirof, deb qabul qildim. "Shoyzoq ota" fermer xo‘jaligimiz a’zolari ko‘p yillardan buyon 85 gektar yerda g‘alla va paxta yetishtirib kelmoqda. O‘tgan yili paxta hosildorligini 45 sentnerga yetkazgan bo‘lsak, bu yil 50 sentnerdan hosil chamalab turibmiz.

Tadbirda 13 nafar tashabbuskor fuqaro va jamoatchilik tuzilmalari vakillariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 iyuldagi qaroriga asosan ta’sis etilgan “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni topshirildi.

Tadbirda viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev ishtirok etdi.

 

Sh.Suyarov, F.Toshmatov (surat), O‘zA