Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryolik yoshlar xalqaro olimpiadada yuqori natijalarga erishdi
18:10 / 2025-04-19

Joriy yilning 13–18 aprel kunlari Turkmanistonning Ashxobod shahrida an’anaviy tarzda tashkil etilgan "OMOUS-2025" xalqaro matematika olimpiadasida Sirdaryo viloyatidagi Buxoro innovatsiyalar universiteti Sirdaryo filiali talabalari munosib ishtirok etdi.

Musobaqada 20 dan ortiq mamlakatdan tashrif buyurgan 300 nafardan ortiq iqtidorli talabalar bilim maydonida o‘zaro bellashdi. Ushbu nufuzli musobaqada universitetning 5 nafar talabasi O‘zbekiston sharafini himoya qildi.

Olimpiada natijalariga ko‘ra, jamoa a’zosi Salim To‘xtatoshov 2-o‘rinni egallab, kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, Shahrizoda Tursunboyeva va Tohir Urunboyev 3-o‘rinni egallab, bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Qolgan ishtirokchilar — Sarvaroy Hamidova va Chingiz Misirov ham faol ishtirok etib, kuchli raqiblar orasida munosib joy egallashdi. Ular olimpiada jarayonida yuksak  tayyorgarlik va bilim salohiyatini namoyon etishdi.

– Bu yutuqlar talabalarimizning  fanga bo‘lgan qiziqishi va tinimsiz izlanishlari samarasidir, – deydi jamoa murabbiysi Umidjon Xidirov. – Bu nafaqat shaxsiy muvaffaqiyat, balki Sirdaryo viloyati ta’limi, yurtimiz yoshlarining intellektual salohiyati va xalqaro maydondagi nufuzining yana bir isbotidir.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri