Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryolik yoshlar – faol, izlanuvchan, fidoyi
11:55 / 2021-10-29

Mamlakatimizda axborot texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish, sohaga oid ko‘nikmalarni shakllantirishga katta e’tibor berilmoqda.

Yurtboshimiz ilgari surgan beshta muhim tashabbusda ham ana shu yo‘nalishni rivojlantirish belgilangani ham bejiz emas, albatta.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 1 apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan Sirdaryo tumani innovatsion hududlar tarkibiga kiritilgan.

Ushbu farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyati innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi hamda “ARMO GROUP COMPANY” MCHJ bilan hamkorlikda “Ishsiz yoshlarni internet orqali pul ishlashga o‘rgatish” yoxud frilanserlik loyihasi ishlab chiqilgan.

Endi frilancyerlarni o‘qitish va ularni xorijiy buyurtmalar asosida ish bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi. Frilancyerlar bir vaqtning o‘zida bir yoki bir nechta mijozlar bilan ishlashi mumkin. Ushbu loyiha yo‘lga qo‘yilishi bilan 15 ta doimiy hamda yuzdan ortiq masofaviy ish o‘rni yaratiladi.

Bundan tashqari sirdaryolik yoshlar boshqa ko‘plab loyihalar stida ishlamoqda. Xususan, Guliston davlat universitetida olib borilayotgan tadqiqotlardan birining natijasiga ko‘ra, o‘sma o‘simligidan ekstraksiya usulida ko‘k rangdagi “Indigo” bo‘yog‘i olib, undan matolarni bo‘yashda foydalanish mumkinligi isbotlandi. Kelgusida bo‘yoq rangi turlarini yanada kengaytirish bo‘yicha ham izlanishlar olib boriladi. 

Innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi boshlig‘i Azimjon Xolovning ta’kidlashicha, ushbu loyihani moliyalashtirish masalasi hal bo‘lgan. Shuningdek, yangi korxona uchun joy ham ajratildi. Joriy va kelgusi yillar davomida Sirdaryo tumani innovatsion hududida yana 10 ta ana shunday noyob, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan loyihalar amalga oshiriladi.

Sh.Suyarov, F.Toshmatov (surat) O‘zA