Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryolik Ulbo‘sin Hakimova Osiyo chempioni bo‘ldi
20:35 / 2021-12-04

Livan poytaxti Bayrut shahrida o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida sportning dzyudo turi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo-Okeaniya chempionati qizg‘in palaga kirdi.

Quvonarlisi, (-44 kg) vazn toifasida ishtirok etgan sirdaryolik sportchi Ulbo‘sin Hakimova barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda Osiyo chempioni bo‘ldi.

Shuningdek, viloyatning bir qator sportchilari nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi belgilangan. Jumladan, joriy yilning 8-12 dekabr kunlari Tailandning Ban Chang shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionatida iste’dodli sportchi Shaxboz Xolmirzayev hamda gandbol (qo‘l to‘pi) sport turi bo‘yicha Ispaniya davlatida o‘tkazilayotgan Jahon chempionatida Sevara Razzakberganova va Lola Mirzayeva O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida musobaqalarga jo‘nab ketdi.

Ma’lumot uchun, Ispaniyada terma jamoamiz D guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Nederlandiya, Shvetsiya va Puyerto-Riko terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Shuxrat Suyarov, O‘zA