Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryolik teatr ijodkorlari xalqaro festivalda qatnashadi
10:56 / 2023-06-06

Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahrida 5-11 iyun kunlari turkiy xalqlarning XVI “Navro‘z” xalqaro teatr festivali bo‘lib o‘tadi. Festivalda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Rossiya va Belorus davlatlaridan 28 dan ziyod teatr jamoalari ishtirok etadi.

Quvonarli va ahamiyatli tomoni, ushbu nufuzli teatr bayrami dasturidan Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlarining “Momo yer” nomli spektakli namoyishi ham o‘rin olgan. Festival doirasida aktyorlik va rejissyorlik mahorati, teatrshunoslik va teatr san’ati yo‘nalishlari bo‘yicha seminarlar, mahorat saboqlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. “Navro‘z” teatr festivali ilk bor 1989 yilda o‘tkazilgan. 1998 yilga kelib festival xalqaro maqomga ega bo‘ldi va Qozon shahrida to‘rt yilda bir marta, 2009 yildan buyon esa ikki yilda bir marta o‘tkazilib kelinmoqda.  

Sh.SUYAROV, O‘zA.