Sirdaryolik sportchi Osiyo chempionati sovrindori bo‘ldi
Eron poytaxti Tehron shahrida yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionati boshlandi., Qit’a birinchiligini O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli boshladi
Chempionatning ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish bahsida boyovutlik Malika Nasriddinova 15,42 metr natija ko‘rsatdi va kumush medalga sazovor bo‘ldi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni 17,65 metr ko‘rsatkich bilan Yue Sun (Xitoy), 2-o‘rinni 15,42 metr ko‘rsatkich bilan Malika Nasriddinova (O‘zbekiston), 3-o‘rinni 14,27 metr ko‘rsatkich bilan Elham Hoshimi (Eron) qo‘lga kiritdi.
Sirdaryo viloyat sport boshqarmasidan ma’lum qilishicha, Malika Nasriddinova Parij olimpiadasiga nomzod sportchi hisoblanadi.
Sh.Suyarov, O‘zA muxbiri