Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryolik Safina Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini deyarli naqd qildi
18:01 / 2021-05-29

Toshkent shahrida o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining birinchi kungi bahslari Sirdaryo viloyati terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlanb, sport malikasi – yengil atletikaning ayollar o‘rtasidagi murosasiz o‘tgan balandlikka sakrash bahslarida sirdaryolik Safina Sadullayeva 1 metru 96 santimetr balandlikni zabr etib, Tokioda o‘tadigan Yozgi olimpiyada normativini bajarishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu yo‘nalishda ayollar toifasining balandlik normativi – 1 metru 96 santimetrni tashkil etib, Safina tajriba bobida o‘zidan anchagina ustun bo‘lgan Olimpiyada, jahon, Osiyo va turli xalqaro musobaqalar g‘olib va sovrindorlari bo‘lgan tajribali sportchilar Svetlana Radzivil hamdaa Nadiya Dusanova kabi sportchilardan ustun keldi va O‘zbekiston chempioni degan sharafli nomga sazavvor bo‘lish bilan bpr vaqitda Tokioda o‘tadigan yozgi olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani deyarli naqd qilib qo‘ydi.

Toshkent shahari, yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida O‘zbekiston ochiq chempionati, balandlikka sakrash bahslarida 1 metru 96 santimetr balandlikni zabt etgan sirdaryolik atlet, mamlakat milliy terma jamoasi a’zosi Safina Sadullayeva 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

1 metru 87 santimetrlik balandlikdan sakrab o‘tgan Nadiya Dusanova 2-, xuddi shu balandlikni zabt etgan Svetlana Radzivil esa 3-o‘rin egasi bo‘ldi.  

Sirdaryo viloyatida istiqomat qiluvchi Safina Sadullayeva 1998 yilning 4 martida Sirdaryo tumanida, sportchilar oilasida tavallud topgan. Otasi Erkin Sadullayev basketbol bilan, onasi Gulnora Razzoqbergenova esa yengil atletika bilan shug‘ullangan.

Safina  tahsil olgan Sirdaryo tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabining 3-sinf o‘quvchisi ekani chog‘idayoq, birinchi murabbiyi, bugungi kunda yengil atletika bo‘yicha Sirdaryo viloyati terma jamoasi bosh murabbiyi Rozaliya Jangulova qo‘l ostida shug‘ullanib kelyapti.  

O‘tgan 2020 yil Safina Sadullayeva Gulistn davlat universitetining jismoniy tarbiya fakultetini tamomlagan.

Davlat xavfsizligi xizmatida faoliyat olib borayotgan turmush o‘rtog‘i Jo‘rabek Jo‘rayev bilan birgalikda ular 1 nafar, 1 yashar qizi Rozaliyaga bor mehirlarini berib, ahil-inoq va Sirdaryodagi namunali oila sifatida hayot kechirayapti.

O‘z ustida tinimsiz ishlab, izlanib kelayotgan Safina Sadullayeva, ana shu mehnatlari va peshona teri evaziga bugun O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi bo‘lishdek baxtga muyassar bo‘ldi.  

Ma’lumot uchun, Sirdaryo viloyatidan Tokio Olimpiyadasi litsenziyasini shu kungacha pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha Server Ibragimov hamda akademik eshkak eshish bo‘yicha yana bir sportchi Shoxboz Xolmirzayevlar qo‘lga kiritgan edi. Safina Sadullayevaning O‘zbekistn chempionatida ko‘rsatgan ajoyib natijasidan so‘ng, sirdaryolik Tokioga yo‘llanma olganlar sonini 3 taga yetdi, deyish mumkin.  

Shu o‘rinda, yana 4 nafar sirdaryolik sportchida Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyati bor. Bu yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishlari yo‘lida Sirdaryo viloyati hokimligi ularga barcha sharoitlarni yaratib, har tomonlama qo‘llab-quvvatlab turganini ham alohida ta’kidlab o‘tish joizdir.  

A.QAYUMOV, F.TOSHMATOV (surat) O‘zA