Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryolik quruvchilarning sanʼat ahliga bayram tuhfasi
19:32 / 2019-08-26

Guliston shahridagi viloyat musiqali drama teatri binosi qayta rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.


Guliston shahridagi viloyat musiqali drama teatri binosi qayta rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat, tuman va shahar hokimligi masʼullari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Teatr binosi eng ulugʻ, eng aziz bayram – davlatimiz mustaqilligining 28 yilligi arafasida foydalanishga topshirilgani, qurilish ishlar sifatli amalga oshirilgani uchun davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, teatr jamoasi tomonidan quruvchilarga samimiy minnatdorlik bildirildi.

Madaniyat oʻchogʻini tubdan qayta rekonstruksiya qilish “Bek qurilish avto” masʼuliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan amalga oshirildi. Qurilish-taʼmirlash ishlariga 31 milliard 29 million soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi. 

– Teatrning 510 tomoshabinga moʻljallangan katta zali, viloyat qoʻgʻirchoq teatri tomoshalari, turli konferensiya va kichik tomoshalar uchun moʻljallangan har biri 80 tomoshabin oʻrniga ega 2 ta kichik zal Sharq va Gʻarb meʼmorchiligini uygʻunlashtirilgan holda pardozlandi, – deydi “Bek qurilish avto” MCHJ rahbari A.Tojiyev. – Katta zaldagi sahna va barcha zaldagi monitor va boshqa maxsus jihozlar, zallarga oʻrnatilgan oʻrindiqlar va boshqa xonalar xorijning zamonaviy va sifatli mahsulotlari bilan jihozlandi.

Tadbir doirasida teatr jamoasi tomonidan yangi binodagi ilk ijodiy ish – sirdaryolik rejissyor N.Yoʻldosheva tomonidan sahnalashtirgan, Chingiz Aytmatov qalamiga mansub “Momo yer” spektakli namoyish etildi.

Tadbirda viloyat hokimi Gʻ.Mirzayev soʻzga chiqdi.