Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryolik qizlar— Osiyoda tengsiz
18:33 / 2025-08-04

2025 yil 30 iyul — 5 avgust kunlari Janubiy Koreyaning Goesan shahrida kurash bo‘yicha kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Qit’aning 25 ta davlatidan sara sportchilar qatnashgan mazkur nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari munosib himoya qilishmoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zolari bo‘lmish Sirdaryo viloyatning Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi qizlari ham bellashuvlarda munosib ishtirok etishmoqda. Jumladan, 52 kg vazn toifasida Hilola Ortiqboyeva, 57 kg vazn toifasida  esa Fotima Qodirovalar barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo chempioni unvonini qo‘lga kiritishdi. Bu g‘alaba nafaqat viloyat, balki mamlakatimiz sport hayotida muhim voqea sifatida qayd etilmoqda.  

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri