Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryolik Osiyo chempioni munosib kutib olindi
19:12 / 2022-03-23

Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida joriy yilning 16-19 mart kunlari kurash bo‘yicha kattalar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

O‘z tarixida 11 marotaba o‘tkazilgan hamda qit’aning 26 ta davlati kurashchilari ishtirok etgan mazkur chempionatda mamlakatimiz terma jamoasi safida Guliston olimpiya zahiralari kollejining 10-sinf o‘quvchisi Hilola Ortiqboyeva 52 kilogramm vazn toifasida g‘oliblik uchun bahslashdi.

Murosasiz kechgan bellashuvlarda Hilola Ortiqboyeva Qirg‘iziston, Tojikiston, Eron va Xitoydan tashrif buyurgan raqiblari ustidan g‘alaba qozonib, chempionatning oltin medali sohibi bo‘ldi.

Kuni kecha Guliston tumani “Beshbuloq” mahallasida sportchimizni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hamda tuman hokimligi vakillari, chempionning yaqinlari, mutasaddilar, nuroniylar, muxlislar va OAV xodimlari ishtirok etdi.

Marosimda so‘z olganlar keyingi yillarda  Prezidentimizning e’tiborlari tufayli sportni rivojlantirish borasida yurtimizda, xususan, viloyatda olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib, H.Ortiqboyeva kelajakda bundanda yuksak marralarni zabt etishiga ishonch bildirildi. Unga Guliston tumani hokimligi tomonidan  uy olish uchun dastlabki badal puli to‘lab berilganligi haqida sertifikat hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Shuhrat Suyarov, O‘zA.