Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryolik jurnalistlar Tojikistonga yo‘l oldi
12:39 / 2022-03-11

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Sirdaryo viloyat bo‘limi tashabbusi bilan bir guruh sirdaryolik jurnalistlar Tojikiston Respublikasining Sug‘d viloyatiga ijodiy safarga jo‘nab ketdi, deya xabar beradi O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi axborot xizmati.

11 mart  — Tojikiston Matbuoti kuni. Tojik matbuoti bugun o‘zining 110 yillik to‘yini nishonlamoqda. Bu davr mobaynida shonli yo‘lni bosib o‘tdi, deya olamiz. Ayni damda tojik jurnalistikasi jamiyatda o‘z o‘rniga ega. Gazeta, jurnal, radio va televideniye, shuningdek, internet jurnalistikasi jamiyat hayotining oldingi saflarida turibdi. Tojik ommaviy axborot vositalari turkumida boshqa tillarda, jumladan, o‘zbek tilida ham gazeta nashr qilinishi, radio eshittirishlari va televideniye ko‘rsatuvlari mavjudligini alohida ta’kidlab o‘tish kerak. Shu sababli 11 mart Tojikistonda nafaqat OAV vakillari, balki umumxalq bayrami sifatida ham nishonlanadi.
Sirdaryolik jurnalistlar safar doirasida Sug‘d viloyatidagi OAV vositalarida jurnalistlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, hamkasblari bilan muloqotda bo‘ladi.
Asosiy maqsad o‘zaro do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash, ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va  tajriba almashishdan iboratdir.

A.RUSTAMOV, O‘zA