Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryolik jurnalistlar gullar festivalida
15:59 / 2024-05-22

Ayni kunlarda Namangan shahrida 63-xalqaro gullar festivali davom etmoqda.

Sirdaryolik jurnalistlar ham ushbu festivalda ishtirok etdi. O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining Sirdaryo va Namangan viloyatlaridagi bo‘limlari tomonidan o‘zaro hamkorlikda “Jurnalist va hayot” loyihasi doirasida press-tur aynan gullar festivali munosabati bilan 18-19 may kunlari uchun hozirlangan edi va ushbu navbatdagi ijodiy tadbir yuqori saviyada o‘tdi.  

– O‘zbekiston xalqi vakillari, Xitoy, Janubiy Koreya, AQSH, Yaponiya, Rossiya, Hindiston, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Bolgariya, Turkiya kabi mamlakatlardan kelgan davlat tashkilotlari vakillari, investorlar va turizm sohasiga aloqador mutasaddilar qatori festivalda ishtirok etganimizdan mamnunmiz, – deydi O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi raisi Boyjigit Abdullayev. – Press-tur dasturi bo‘yicha, shuningdek, To‘raqo‘rg‘ondagi Ibrat bog‘i majmuasida, tuman “Davr” gazetasi tahririyatida bo‘ldik. Qadimiy Axsikent ochiq osmon ostidagi arxeologiya markazini tomosha qilib, olam-olam taassurotlar  oldik. Norin tumanidagi faxriy telejurnalist Zokirjon hoji Yigitaliyevning 25 sotixlik gul plantatsiyasini ko‘rdik. Uchqo‘rg‘on tumanida yosh jurnalist Jahongir To‘xtasinov 45 sotixlik qulupnaydan yuz million so‘mlab sof daromadga ega bo‘layotganiga guvoh bo‘ldik.  

Sirdaryolik jurnalistlar press-turning mazmunli o‘tishida jonbozlik ko‘rsatgan namanganlik hamkasblaridan mamnun bo‘ldi. Hamkorlik davom etadi, endi namanganlik jurnalistlar Sirdaryoga tashrif buyuradi.  

Sh.Suyarov,  

O‘zA muxbiri