Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida O‘zbekiston Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Prezidentimiz rahnamoligida olib borilayotgan islohotlar, yangi investitsiyalarning hayotimizga tadbiq etilayotgani va bunda sirdaryolik suvchilarning ham munosib xizmatlari borligi qayd etildi.
Mustaqillikning 30 yilligi arafasida Prezident farmoni bilan mukofotlanganlar orasida P-8r-2 kanali yetakchi muhandis-gidrotexnigi Bahodir Bobobekov ham “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. Tadbirda mukofot egasiga tantanali ravishda topshirildi.
– Suv xo‘jaligida uzoq yillar qilgan kamtarona mehnatlarimni yuksak baholangani uchun minnatdorman, – deydi “Shuhrat” medali sohibi B.Bobobekov. – Bu mukofot menga kuch-quvvat va shijoat bag‘ishladi. Kelgusida bu yuksak ishonchni oqlab, yanada ulkan marralarni ko‘zlab mehnat qilishga bel bog‘ladim.
Shuhrat Suyarov, Furqat Toshmatov (surat), O‘zA