French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryolik ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqatlar tarqatildi
18:11 / 2021-05-01

Ro‘zai ramazon kunlarida “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamda Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) Sirdaryo viloyatidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, oilasida nigoronligi bor, ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan, “Temir daftar” va “Ayollar daftari” ro‘yxatidagi fuqarolarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida – “Muborak ramazon tuhfasi” nomli xayriya tadbirini o‘tkazdi.

Tadbir davomida “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamda TIKA agentligi vakillari, viloyat hokimligi, imom xatiblar ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘ngli o‘ksik, o‘zgalar qaroviga muhtoj, ehtiyojmand fuqarolar xonadonlariga borib, ularning holidan xabar oldi.  

– “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamda Turkiyaning TIKA agentligi bilan hamkorlikdagi “Muborak ramazon tuhfasi!” deb nomlangan ushbu xayriya tadbirida 10 turdagi oziq-ovqatlar joylangan 300 dona quti ehtiyojmand oilalarga tarqatildi, – deydi “Vaqf” xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyati filiali rahbari Ibodulla hoji Azizullayev.  

Har biri 222 ming so‘mlikdan, jami 66 million 700 ming so‘mdan ortiq ushbu xayr-ehsonlar Guliston shahridagi 50 ta oilaga, boshqa tumanlardan 25-30 tadan oilaga tarqatib chiqildi.

Buu kabi hamkorlikdagi xayriya tadbirlari davom etadi.

A.Qayumov, F.Toshmatov, O‘zA