Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryolik 10 nafar ishbilarmon “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
11:58 / 2023-08-18

FOTOREPORTAJ

Davlatimiz rahbari farmoyishiga ko‘ra, “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoniga munosib ko‘rilgan bir guruh sirdaryolik ishbilarmonlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, turli korxona va tashkilotlar rahbarlari, faollar, ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi.  

[gallery-13163]

Marosimda viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, eksport hajmini oshirish, sanoatni mahalliylashtirish borasida faollik ko‘rsatayotgan hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan tadbirkorlar – “Peng Sheng charm” MCHJ ijrochi direktori Abror Abduvahabov, “Sirdarya Ceramic Produstion” MCHJ bosh direktori o‘rinbosari G‘afur Ahmedov, “Xovos gulshani” MCHJ rahbari Ummat Bekto‘rayev, “Toshkent sity gold blok” MCHJ direktori Akmaljon Bo‘riyev, “Bekzodsher qurilish servis” MCHJ direktori Sherzod Vafoyev, “Mili Teks Sirdaryo” MCHJ bosh direktori Shavkat Djalilov, “Mevazor mebel servis” XK rahbari Kahramon Kupaysinov, “River Med Pharm” MCHJ direktori Sherzod Xaydarov, “Fortuna Textile” bosh direktori Adhamjon Hamdamov va “Shukurov Hazratqul” fermer xo‘jaligi boshlig‘i Zuhra Shukurovaga “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni topshirildi.  

Tantanali tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish borasida yaratilgan imkoniyatlar uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

 

Shahriyor ORTIQBOEV(surat),O‘zA