French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoga yana “Volkswagen Caddy“ tez tibbiy yordam mashinasi keltirildi
09:02 / 2023-01-25

Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimida bo‘lgan, ma’nan eskirgan tez tibbiy yordam mashinalari zamonaviy, eng so‘ngi tibbiy yordam jihozlari bilan jihozlangan avtomobillarga almashtirilmoqda.

Shu maqsadda, Respublika tez tibbiy yordam markazi Sirdaryo filialiga Jizzax viloyatida ishlab chiqarilgan zamonaviy “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam avtomashinalaridan 8 tasi keltirildi.

– Bundan bir yil muqaddam, ushbu turdagi avtomobillardan 5 tasi Sirdaryoga keltirilgan edi, – deydi Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga qarashli maxsus avtobaza direktori vazifasini bajaruvchi Abdurashid Eshonqulov. – Bu esa tez tibbiy yordam tizimiga bo‘lgan chaqiriqlarni belgilangan vaqtda amalga oshirish  imkonini bergan bo‘lsa, bugun keltirilgan  “Volkswagen Caddy” rusumdagi tez tibbiy yordam mashinalari ushbu tizimda ishlayotgan tez tibbiy yordam xodimlari ishini  yanada osonlashtiradi.

Eng muhimi,  tez tibbiy yordam mashinalari yuqori texnik ko‘rsatkichga ega, harakatlanish tezligi yuqori va ixcham.  

 

Sh. Suyarov, O‘zA