Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoga Pfizer-BioNTech vaksinasining navbatdagi dozasi keltirildi
17:44 / 2021-10-29

Sirdaryo viloyatiga Pfizer-BioNTech vaksinasining navbatdagi 11 700 dozasi olib kelindi.

Olib kelingan Pfizer-BioNTech vaksinasi viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining vaksina saqlash omborxonasida -20 gradus haroratda saqlanmoqda. Vaksina 2-bosqichda 21-28 kun oralig‘ida emlanish uchun mo‘ljallangan.

Bugun 29 oktyabr kunidan boshlab Pfizer-BioNTech vaksinasi bilan emlash punktlarida aholi hamda 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilarini emlash ishlari boshlandi.

 

Sh. Suyarov, O‘zA