Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryodagi tadbirlar “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida o‘tkazilmoqda
15:18 / 2021-06-01

Sirdaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Shu munosabat bilan Guliston shahridagi Namuna mahalla fuqarolar yig‘ini hududida davlat sherikchiligi asosidagi “Smart kids” nomli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tantanali ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Gulistonlik tadbirkor G‘ayrat Ibragimov aksiyadorlik tijorat “Asaka” bankining viloyat filialidan 15 yillik 2 milliard so‘m imtiyozli kredit, qolgan 1 milliard so‘m mablag‘ni o‘zining shaxsiy jamg‘armasi hisobidan sarf qilib, ushbu 2 qavatli yuz o‘ringa mo‘ljallangan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini yangidan barpo etdi.

Nodavlat MTTda hozir 75 nafar bolajonga yosh toifasiga qarab, har birida 25 nafardan 3 ta guruhga bo‘lingan holda 20 nafar pedagog tomonidan ta’lim-tarbiya berilmoqda.

Tarbiyalanuvchilarga saboqlar o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. Ular ingliz tili va bir qator sport, musiqa to‘garaklarida ishtirok etishi mumkin.

Ushbu bayram kunlarida viloyat bo‘yicha jami 3 ta 330 quvvat o‘rinli davlat, 55 ta 1 ming 765 quvvat o‘ringa ega bo‘lgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 4 ta 192 quvvat o‘rinli “Aqlvoy” mobil guruhlari faoliyatini tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

2020 yil yakuni bo‘yicha viloyatda jami 548 ta maktabgacha ta’lim tashkilotiga 47 ming 428 nafar bog‘cha yoshidagi bolalar qamrab olingan bo‘lib, qamrov foizi 70,1 foizni tashkil qilgan edi. Joriy yilning 30 aprel holatiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 70,4 foizni tashkil etib, viloyat hududidagi 67 ming 623 nafar 3-7 yoshli bolalardan 47 ming 636 nafari 564 ta maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olindi.

Viloyat bo‘yicha bugungi kunda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari 194 tani, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari 371 tani tashkil etayotgan edi.

qayu

2021 yilning 1-choragi davomida joylarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ochish istagini bildirgan tashabbuskor tadbirkorlar bilan olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida 109 nafar tadbirkor va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘rtasida bitimlar imzolandi.    

Kuni kecha viloyat bo‘yicha 10 ta oilaviy, bugun esa 3 ta davlat, 4 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi, 41 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, Oqoltin tumani Toshkent va Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inlarida joylashgan 2 ta “Aqlvoy” mobil guruhlari tantanali ochilmoqda.  

Ertaga 2 iyun kuni Sardoba tumani Zomin va Bo‘ston MFYlarda joylashgan 2 ta “Aqlvoy” mobil guruhlarining ochilishi rejalashtirilgan.

Tadbirlarda viloyat, tuman va shaharlar sektorlari rahbarlari bolajonlarga “Bolalar adabiyoti xazinasi”dan o‘rin olgan kitoblar, shuningdek, turli-tuman yumshoq o‘yinchoqlar, shirinlik, yaxna ichimlik va muzqaymoqlar ulashmoqda.

Viloyatda jami 58 ta 2 ming 287 ta quvvat o‘ringa ega bo‘lgan davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda “Aqlvoy” mobil guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 622 taga, ularga qamrab olingan bolalar soni esa 49 ming 923 nafar yoki 73,8 foizga ortgani va 385 ta yangi ish o‘rni yaratilib, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar ish bilan ta’minlandi.

“Bolalarga bering dunyoni” shiori ostidagi bayram tadbirlari nafaqat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, balki, viloyatdagi barcha shahar va tumanlar istirohat bog‘larida davom etmoqda.

 

A.Qayumov, F.Toshmatov (surat), O‘zA