French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryodagi taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoni va xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik holati oʻrganildi
08:34 / 2020-09-20

Sardoba suv ombori toshqinidan talafot koʻrgan Oqoltin tumanidagi 6-umumtaʼlim maktabida boʻldi.


Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev boshchiligidagi ishchi guruh taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yilini anʼanaviy va masofaviy tarzda yoʻlga qoʻyishi, xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha mavjud holatni oʻrganish va ularga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida Sirdaryo viloyatiga bordi.

Xususan, ishchi guruh aʼzolari Sardoba suv ombori toshqinidan talafot koʻrgan, biroq qisqa muddatda taʼmirlanib yangi oʻquv yilini anʼanaviy tarzda boshlagan Oqoltin tumanidagi 6-umumtaʼlim maktabida boʻldi.

Tashrif davomida pedagog-xodimlar, oʻquvchilar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashib, pandemiya sharoitida maktab faoliyatini tashkil etish, xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha fikr-mulohaza va takliflar tinglandi. Shuningdek, maktabga PISA, PIRLS xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik koʻrish uchun tayyorlangan uslubiy qoʻllanmalar sovgʻa qilindi ham pedagoglarga ushbu tadqiqotlarga oʻquvchilarni munosib tayyorlash boʻyicha tavsiyalar berildi.

Oqoltin tumanidagi 1- va 14-maktabga tashrif buyurgan ishchi guruh aʼzolari masofaviy oʻqitishni tashkil etish boʻyicha yaratilgan sharoitlar, ushbu jarayonga oʻqituvchilarning tayyorgarlik holati, televizion darslarda berilgan mavzularni oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishi, xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik jarayonlarini oʻrganishdi.

Ishchi guruh tashrif buyurgan barcha maktablarga koronavirus pandemiyasi sharoitida oʻquvchilar hamda pedagoglarning salomatligini asrash, taʼlim jarayonida sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinishiga koʻmaklashishi maqsadida zarur vositalar begʻaraz topshirildi.

Viloyatga tashrif mobaynida ishchi guruh aʼzolari Sirdaryo viloyati xalq taʼlimi xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash hududiy markazida ham boʻlib, masofaviy oʻqitish tizimi bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, ishchi guruh aʼzolari joriy oʻquv yilidan faoliyatining boshlaydigan Mirzaobod tumanidagi Mirzaobod texnologiya texnikumi va Mirzaobod kasb-hunar maktablari faoliyatini oʻrgandi. Xususan, Taʼlim inspeksiyasi vakillari ushbu muassasalarning yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holati, taʼlimni qanday koʻrinishda davom ettirish, moddiy-texnik bazasi amaldagi yoʻnalishlarga mosligi va pedagog kadrlari bilan taʼminlanganligi bilan yaqindan tanishib bir qator talab va tavsiyalarini berdi.